Savol va javoblar.

UzCaption haqida eng ko'p so'raladigan savollar — qisqa va aniq javoblar bilan.

UzCaption nima?

UzCaption — o'zbek tiliga ixtisoslashgan AI subtitr xizmati. Videoni yuborasiz, u nutqni o'zbekcha matnga aylantiradi va subtitr yozilgan tayyor video yoki SRT fayl qaytaradi. Telegram bot, veb ijodxona, Premiere Pro va After Effects plaginida ishlaydi.

O'zbekcha subtitr qanday yaratiladi?

Uch qadamda: 1) videoni yuborasiz; 2) AI nutqni o'zbekcha matnga aylantiradi va vaqtga moslaydi; 3) subtitr yozilgan tayyor videoni yoki SRT faylni olasiz. Video 60 daqiqagacha qabul qilinadi; video necha soniya bo'lsa, daqiqa balansingizdan aynan shuncha soniya yechiladi — daqiqaga yaxlitlanmaydi.

Batafsil qo'llanma: Oʻzbekcha subtitr qanday yaratiladi?

Narxi qancha?

Bepul — har oy 5 daqiqa. Pullik rejalar: Pro — 100 daqiqa / oy, 89 000 so'mdan (eng ommabop); Max 5× — 500 daqiqa / oy, 149 000 so'mdan; Max 20× — 2000 daqiqa / oy, 399 000 so'mdan. 3 yoki 6 oyga olsangiz chegirma bilan, daqiqa baribir har oy beriladi va ishlatilmagani keyingi oyga o'tadi.

Subtitr qaysi formatda chiqadi?

Ikki ko'rinishda: subtitr yozilgan tayyor video yoki alohida SRT fayl. SRT faylni istalgan montaj dasturiga qo'shsa bo'ladi. Subtitrni 6 tilga tarjima qilish ham mumkin: o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha.

Qaysi tillarni qo'llaydi?

Video tili: o'zbekcha, ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha (beta). Tarjima: shu beshta va o'zbekcha kirill — jami 6 til. Tarjima Pro va Max tariflarida.

Premiere Pro'da ishlaydimi?

Ha. Adobe Premiere Pro uchun plagin bor — subtitrni montaj dasturidan chiqmasdan olasiz. Batafsil: caption.uz/plugin yoki plagin qo'llanmasi.

Bepul ishlatib ko'rsam bo'ladimi?

Ha. Bepul rejada har oy 5 daqiqa bor — karta kerak emas.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Telegram bot @uzcaptions_bot telefonda ham, kompyuterda ham ishlaydi, Ijodxona telefon brauzerida ham ochiladi. iOS va Android ilovasi tez orada.

SRT faylni CapCut yoki DaVinci Resolve'ga qanday qo'shaman?

CapCut'da: loyihani oching, Matn (Text) bo'limidan Subtitrni import qilish (Import captions) ni tanlang va SRT faylni ko'rsating. DaVinci Resolve'da: Media Pool ustiga o'ng tugma — Timelines — Import — Subtitle, so'ng SRT faylni tanlab, uni taymlaynga tortasiz. Premiere Pro'da SRT File — Import orqali qo'shiladi yoki UzCaption plaginidan to'g'ridan-to'g'ri olinadi.

SRT nima ekanini bilmasangiz: SRT fayl nima?

To'lov qanday qilinadi?

To'lov Ijodxonada (ijodxona.caption.uz) — Payme, Click, Uzum yoki Paylov orqali. Tarifni tanlaysiz, to'laysiz — to'lov tasdiqlangach tarif hisobingizga o'zi ulanadi.

Video qancha vaqtda tayyor bo'ladi?

Odatda bir necha daqiqada. Aniq vaqt video uzunligi va navbatdagi yuklamaga bog'liq. Video tayyor bo'lganda xabar keladi.

Videolarim maxfiy saqlanadimi?

Video fayl subtitr tayyor bo'lgach o'chiriladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Undagi ovoz va matn o'zbek nutq modelini o'rgatish uchun ishlatiladi — bu xizmatdan foydalanish sharti. Hisobingizni o'chirsangiz, ular sizga bog'lanmagan holda qoladi. To'liq shartlar maxfiylik siyosati sahifasida yozilgan.

Videom uzun bo'lsa nima qilaman?

Bo'lishning hojati yo'q — uzun video ham qabul qilinadi (60 daqiqagacha). Video necha soniya bo'lsa, daqiqa balansingizdan shuncha soniya yechiladi. Daqiqa yetmasa — yuqoriroq tarifga o'ting.

Savolingiz roʻyxatda yoʻqmi?
Telegram: @uzcaptions_bot · Email: support@caption.uz

Bepul sinab koʻring →