Asosiy qismga o'tish

UzCaption
haqida.

UzCaption — dasturiy ta'minot kompaniyasi. Biz o'zbek tili uchun AI subtitr quramiz — umumiy transkripsiya vositalari doim xato qiladigan til uchun. Mahsulot onlayn sotiladi — besh pog'onali oylik obuna, daqiqa hisobida.

Nima qilamiz

UzCaption o'zbekcha nutqni aniq va to'g'ri vaqtga moslangan subtitrga aylantiradi. Foydalanuvchi video yuboradi va yo subtitri yondirilgan video, yo alohida SRT fayl oladi — u Premiere Pro, DaVinci Resolve, CapCut va YouTube'da ochiladi. Subtitrni boshqa tillarga tarjima qilish ham mumkin.

Tanish aynan o'zbek tiliga o'rgatilgan — shevalar, o' va g' harflaridagi apostrof, tinish belgilari va gapning ikki qatorga qayerdan bo'linishi. Tayyor ko'ptilli vositalar aynan shu joyda qoqiladi.

Mahsulot qanday yetkaziladi

1

Veb tahrirlagich

ijodxona.caption.uz — brauzerda, o'rnatishsiz, 30+ subtitr uslubi.

2

Premiere Pro plagin

caption.uz/plugin — montaj taymlaynidan chiqmasdan subtitr.

Android ilovasi Google Play'da, iOS ilovasi tez orada. Hamma kanal bitta hisob, bitta tarif va bitta nutq tanish dvigatelida ishlaydi. Video tili — o'zbekcha, ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha; tarjima — 6 tilga.

Biznes qanday ishlaydi

UzCaption — to'liq raqamli obuna biznesi. Jismoniy mahsulot ham, yetkazib berish ham, oflayn sotuv ham yo'q: mijoz onlayn ro'yxatdan o'tadi, onlayn to'laydi va xizmatni internet orqali dastur ko'rinishida oladi.

ModelO'zi xizmat ko'rsatadigan SaaS — besh pog'onali oylik reja (1/3/6 oy), daqiqa hisobida
Bepul rejaHar oy 5 daqiqa, karta talab qilinmaydi
Pullik rejalarMini — 39 000 so'm/oy ≈ $3 (20 daq/oy) · Pro — 89 000 so'm/oy ≈ $7 (100 daq/oy, eng ommabop) · Max 5× — 149 000 so'm/oy ≈ $12 (500 daq/oy) · Max 20× — 399 000 so'm/oy ≈ $32 (2000 daq/oy)
MijozlarO'zbek tilida ishlaydigan videografiya, montajchi, jurnalist, o'qituvchi va media jamoalar
InfratuzilmaBulutda. Nutq tanish, render va yetkazib berish to'liq avtomat — to'lov bilan natija orasida qo'l mehnati yo'q.

To'liq narx bosh sahifada ochiq, huquqiy shartlar esa ommaviy oferta va maxfiylik siyosatida.

Jamoa

Zohid Malikov — Asoschi, CEO, UzCaption
Zohid Malikov
Asoschi, CEO

Zohid besh yil kamera ortida — videograf va montajchi bo'lib ishladi. Bitta videoga qo'lda subtitr yozish har safar 30–40 daqiqasini olardi. UzCaption avval o'ziga kerak bo'lgan asbob sifatida boshlandi, keyin boshqa o'zbek kreatorlari so'ragach mahsulotga aylandi.

Diyorjon Adashov — Hammuassis, CTO, UzCaption
Diyorjon Adashov
Hammuassis, CTO

Diyorjon UzCaptionning butun kodini yozadi — mahsulot, server va xavfsizlik. Zohid biznes, kontent va montajni boshqaradi. Shuning uchun rejadagi har bir yangilik aynan foydalanuvchi xabaridan tug'iladi.

CornellSertifikat egasi
UzCombinator2-mavsum ishtirokchisi
E'tirofPrezident bilan uchrashuv

Bizni qo'llab-quvvatlaydi

  • UzCombinator
  • NVIDIA Inception
  • AWS Activate
  • Cloudflare for Startups
  • PostHog for Startups
  • GitHub for Startups
  • Higgsfield
  • Yoshlar Ventures

Nega o'zbek tili

O'zbek tilida taxminan 35 million kishi gaplashadi, lekin u global nutq tanish kompaniyalari uchun ro'yxatning quyi qismida. Aniqlik past, sheva buzadi, lotin imlosi esa har xil yoziladi. UzCaption aynan shu bo'shliq uchun bor.

Mahsulotdan tashqari biz o'zbek nutq korpusini yig'amiz — foydalanuvchining ochiq roziligi bilan va xatoni to'g'ridan-to'g'ri xabar qilish kanali bilan. Shuning uchun tanish vaqt o'tgani sari yaxshilanadi.

Kompaniya va bog'lanish

NomiUzCaption (UzCaption AI)
Saytcaption.uz — istalgan joydan ochiq, to'lov O'zbekiston kartalari bilan
Yordam@jilo_support
Mahsulot yordamiIjodxonada chat
TillarO'zbek, rus, ingliz
Avval mahsulotni ko'rmoqchimisiz? Bosh sahifa UzCaption nima qilishi, qanday ishlashi va qancha turishini ko'rsatadi. Bepul ham sinab ko'rish mumkin — har oy 5 daqiqa, kartasiz.