Premiere Pro'da o'zbekcha subtitr
Qisqa javob: UzCaption plaginini o'rnatasiz, panelni Premiere Pro ichida ochasiz, bir martalik kod bilan hisobingizga kirasiz — va subtitrni montaj muhitidan chiqmasdan olasiz. Fayllarni brauzer bilan dastur o'rtasida tashish kerak emas.
Nima uchun plagin kerak?
Montajchi uchun eng ko'p vaqt ketadigan narsa — mayda ish. Videoni eksport qil, brauzerga yukla, natijani kut, SRT'ni yuklab ol, loyihaga import qil, taymlaynga tort. Har biri bir-ikki daqiqa, lekin kunda o'n marta takrorlansa, soatlarga aylanadi.
Plagin shu zanjirni qisqartiradi: so'rov ham, natija ham Premiere Pro ichida. Ayniqsa doimiy oqimda ishlaydigan — kunda bir nechta rolik chiqaradigan — jamoalar uchun sezilarli farq.
Plaginni qanday o'rnataman?
- caption.uz/plugin sahifasini oching.
- Kompyuteringizga mos faylni yuklab oling — plagin Windows va macOS uchun mavjud.
- Sahifadagi o'rnatish ko'rsatmasini bajaring. O'rnatish paytida Premiere Pro yopiq bo'lgani ma'qul.
- Premiere Pro'ni qaytadan oching.
Plagin Adobe'ning kengaytma (extension) tizimida ishlaydi, shuning uchun o'rnatilgandan keyin u dastur menyusida paydo bo'ladi.
Panelni qayerdan ochaman?
Premiere Pro'da yuqoridagi menyudan: Window → Extensions → UzCaption. Panel odatdagi Premiere paneli kabi ochiladi — uni istagan joyga surib, ish maydoningizga biriktirib qo'ysangiz bo'ladi. Bir marta joylashtirsangiz, keyingi safar o'sha yerda turadi.
Agar menyuda ko'rinmasa: Premiere'ni to'liq yopib qayta oching, o'rnatish qadamlari to'liq bajarilganini tekshiring. Baribir chiqmasa — Ijodxonadagi chatga yozing.
Hisobga kirish
Panel birinchi marta ochilganda hisobingizga kirishni so'raydi — parol shart emas.
- Panelda «Kirish» ni bosing — brauzerda Ijodxona ochiladi.
- Google yoki Apple bilan kiring va «Ulash» ni bosing.
- Panel o'zi ulanadi — tarifingiz va qolgan limitingiz shu yerda ko'rinadi.
Obunangiz Telegram hisobida bo'lsa, «Telegram'da hisobingiz bormi?» savoliga «Ha, ulash» deb javob bering.
Panel ichida ishlash
Ish tartibi oddiy:
- Taymlaynda subtitr kerak bo'lgan klipni yoki qismni tanlang.
- Panelda subtitr so'rang.
- Ishlov berish tugashini kuting — odatda bir necha daqiqa.
- Tayyor subtitr panelga qaytadi; uni loyihangizga qo'shib, taymlaynga joylaysiz.
- Ko'rinishini Premiere'ning o'z vositalari bilan sozlaysiz — shrift, o'lcham, rang, joylashuv.
Video 60 daqiqagacha qabul qilinadi — uzun intervyu yoki podkast ham bo'laklarga ajratish shart emas. Video necha soniya bo'lsa, daqiqa balansingizdan aynan shuncha soniya yechiladi.
Subtitr matnini tuzatish
AI matnni yozadi, lekin oxirgi qaror sizniki. Atoqli otlar, brend nomlari va kam ishlatiladigan atamalar xato chiqishi mumkin. Matnni Premiere'ning subtitr muharririda to'g'ridan-to'g'ri tahrirlaysiz. SRT bilan ishlashni afzal ko'rsangiz — SRT fayl nima? maqolasida format qanday tuzilgani tushuntirilgan.
Sifat uchun eng arzon maslahat: yozuvda ovoz toza bo'lsin. Mikrofon gapiruvchiga yaqin, fon shovqini past bo'lsa, tuzatishga ketadigan vaqt sezilarli kamayadi.
Tarif plaginda ham bir xilmi?
Ha. Bitta hisob hamma joyda ishlaydi: Bepul rejada har oy 5 daqiqa (plaginsiz); pullik rejalar — Mini 20 daqiqa 39 000 so'm/oy, Pro 100 daqiqa 89 000 so'm/oy (eng ommabop), Max 5× 500 daqiqa 149 000 so'm/oy, Max 20× 2000 daqiqa 399 000 so'm/oy. Botda sotib olingan reja plaginda ham, Ijodxonada ham amal qiladi.
Plaginni sinab ko'ring. Avval botda bepul natijani ko'ring, keyin plaginni o'rnatasiz.
Ijodxonada boshlash → yoki plagin sahifasi