Telegram bot orqali
Telefonda yoki kompyuterda — bot eng tez yo'l. Hech qanday dastur kerak emas.
- Telegram'da @uzcaptions_bot ni oching
/startbosing va ro'yxatdan o'ting- Video yoki audio yuboring
- Video tilini tanlang — o'zbekcha, ruscha, inglizcha, tojikcha, qoraqalpoqcha (beta) yoki avtomatik
- Format tanlang — 1 qator, 2 qator, 3 qator yoki Premium
- SRT fayl tayyor — yuklab oling
Tarjima qilish: SRT kelgandan keyin "Tarjima qilish" tugmasini bosing va tilni tanlang — o'zbekcha, o'zbekcha (kirill), ruscha, inglizcha, tojikcha yoki qoraqalpoqcha (beta). Tarjima Pro va Max tariflarida.
Boshqa dastur uchun:
- "Boshqa dastur uchun yuklash" tugmasini bosing
- Premiere Pro yoki CapCut — tanlang
- Shu dasturga moslangan SRT fayl keladi
Brauzerda — Ijodxona
Telegram'siz, to'g'ridan-to'g'ri brauzerda. Mobil telefon ham, kompyuter ham bo'ladi.
- ijodxona.caption.uz ga kiring (Telegram orqali)
- Video faylni tashlang — drag & drop yoki tugmadan tanlang
- Video tilini tanlang va Subtitr yoki Tarjima ni belgilang
- Subtitr tayyor — so'zlarni tahrirlang, uslub tanlang
- Subtitrli videoni (MP4, 1080p gacha) yoki SRT faylni yuklab oling
Premiere Pro'da ishlatish
SRT faylni Captions panel orqali timeline'ga qo'yib, dizaynni o'zingizning loyihangizga moslang.
- Botdan SRT fayl oling
- Premiere Pro'da:
File → Import→ SRT faylni tanlang - SRT fayl Captions panelda ko'rinadi
- Timeline'ga tashlang
- Essential Graphics panelida shrift, rang va hajmni o'zgartiring
- Eksport qilganda:
Captions → Burn Captions Into Video
Text preset ishlatish:
Essential Graphics → Browse → ⋯ → Install Text Style- .prtextstyle faylni tanlang
- Subtitrga shu stil avtomatik qo'llanadi
CapCut'da ishlatish
Diqqat: Subtitr import faqat CapCut Desktop versiyasida ishlaydi. Mobil versiyada bu funksiya yo'q.
- Botdan "CapCut" tugmasini bosib SRT fayl oling
- CapCut Desktop'da loyihani oching
Text → Import Subtitlesbosing- SRT faylni tanlang
- Subtitrlar timeline'da paydo bo'ladi
- Shrift, rang va animatsiyani o'zgartiring
DaVinci Resolve'da ishlatish
DaVinci eng oson — SRT faylni shunchaki Media Pool'ga tashlang.
- Botdan SRT fayl oling
- DaVinci'da: Media Poolga SRT faylni tashlang (drag & drop)
- Timeline'ga qo'ying — Subtitle track paydo bo'ladi
- Inspector panelida shrift, rang va hajmni sozlang
After Effects'da ishlatish
UzCaption plagini After Effects ichida ishlaydi — subtitrni dasturdan chiqmasdan olasiz.
- Plaginni caption.uz/plugin sahifasidan o'rnating (Pro va Max tariflarida)
- After Effects'da:
Window → Extensions → Uzbek AI Captions - «Kirish kodini olish» ni bosib, kodni @uzcaptions_bot ga yuboring
- Kompozitsiyani tanlang va subtitr yarating
Ko'p beriladigan savollar
Qancha vaqt ketadi?
2 daqiqalik video — taxminan 3 daqiqa. Qisqa videolar tezroq.
Qancha pul?
Sinash uchun 2 ta video — ro'yxatsiz. Yoqsa, ro'yxatdan o'tib 5 daqiqa bepul. Ko'proq kerak bo'lsa Pro rejasi 100 daqiqa / 89 000 so'mdan boshlanadi — tarifni Ijodxonada tanlab, Payme, Click, Uzum yoki Paylov orqali to'laysiz.
Qaysi tillarni biladi?
Video tili: o'zbekcha, ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha (beta); botda tilni avtomatik aniqlash ham bor. Tarjima: shu beshta va o'zbekcha kirill — 6 til.
Necha MB gacha video qabul qiladi?
2GB gacha. Undan kattaroq fayllarni ikki qismga bo'lib yuborish kerak.
Mobil telefondan ishlasa bo'ladimi?
Ha. Telegram bot telefondan ishlaydi. Ijodxona ham mobil brauzerda ishlaydi.
Nima uchun boshqa toollardan yaxshiroq?
O'zbekcha aniqlik 98%. CapCut auto caption — 40-55%. Farqni birinchi videoda ko'rasiz.