Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 16-avgust

UzCaption ("biz", "xizmat") — videolar uchun avtomatik subtitr (matn) yaratuvchi xizmat. Bu siyosat siz caption.uz saytidan, @uzcaptions_bot Telegram botidan yoki video tahrirlash dasturlari uchun plagindan foydalanganingizda qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.

1. Qanday ma'lumotlarni yig'amiz

2. Ma'lumotlardan qanday foydalanamiz

3. Uchinchi tomon xizmatlari

Subtitr yaratish uchun ishonchli texnologiya provayderlaridan foydalanamiz. Sizning kontentingiz shu xizmatlar orqali qayta ishlanishi mumkin:

Bu provayderlar o'z maxfiylik siyosatlariga ega va ma'lumotlarni faqat xizmatni ko'rsatish uchun qayta ishlaydi.

4. Fayllarni saqlash muddati

Odatiy holat — saqlanmaydi. Yuklangan video va audio fayllar subtitr yaratish uchun vaqtincha qayta ishlanadi va natija tayyor bo'lgach o'chiriladi.

Agar siz alohida ruxsat bersangiz — materialingiz xizmat sifatini yaxshilash uchun saqlab qolinadi. Bu ruxsat botda alohida so'raladi va siz uni istagan paytda /rozilik buyrug'i orqali bekor qila olasiz. Ruxsat bermasangiz yoki bekor qilsangiz — materialingiz yuqoridagi tartibda o'chiriladi.

Saqlangan material faqat xizmat sifatini oshirish uchun ishlatiladi, uchinchi shaxslarga berilmaydi va sotilmaydi.

Subtitrdagi tuzatishlar. Siz noto'g'ri yozilgan so'zni tuzatsangiz, faqat so'z juftligi (masalan "mikrafon → mikrofon") saqlanadi. Bu jumla ham, audio ham, kim yuborgani ham emas — faqat so'z. Bu ma'lumot roziligingizdan qat'i nazar yig'iladi, chunki u sizga bog'lanmaydi.

Anonim texnik ma'lumotlar (2026-yil avgust). Xizmatni yaxshilash va o'zbek tili uchun texnologiyani rivojlantirish maqsadida quyidagilarni saqlaymiz:

Bu yozuvlarda ismingiz, telefoningiz, hisobingiz yoki IP manzilingiz yo'q, audio va video fayllarning o'zi saqlanmaydi. Ular sizga bog'lanmaydi. Ushbu ma'lumotlar o'z modellarimizni o'qitish uchun ham ishlatilishi mumkin. Uchinchi shaxslarga berilmaydi va sotilmaydi.

Ushbu siyosatdan oldin qolib ketgan materiallar. 2026-yil avgustigacha Ijodxonada ishlangan ba'zi videolar texnik xatolik tufayli serverda tozalanmay qolgan. Biz ularni yo'q qilish o'rniga faqat ovoz va matn ko'rinishida ajratib oldik (video tasvirlari saqlanmadi) va "ruxsat kutilmoqda" deb belgiladik. Bu materiallar hech qanday maqsadda — jumladan model o'qitishda — ishlatilmaydi. Agar materialingiz shular orasida bo'lishi mumkin deb hisoblasangiz, quyidagi manzil orqali yozing — o'chirib beramiz.

Hisob va to'lov ma'lumotlari siz xizmatdan foydalanayotgan davrda saqlanadi. Ma'lumotlaringizni o'chirishni istasangiz, biz bilan bog'laning.

5. Ma'lumotlarni himoya qilish

Ma'lumotlaringizni ruxsatsiz kirish, o'zgartirish yoki oshkor qilishdan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo'llaymiz. Biz ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz.

6. Sizning huquqlaringiz

Siz o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Buning uchun quyidagi manzillar orqali murojaat qiling.

7. Bolalar

Xizmat 13 yoshdan kichik bolalar uchun mo'ljallanmagan.

8. O'zgarishlar

Ushbu siyosatni vaqti-vaqti bilan yangilashimiz mumkin. Muhim o'zgarishlar shu sahifada e'lon qilinadi.

9. Bog'lanish

Savollar bo'lsa: Telegram: @zohid_malikov · Email: support@caption.uz
UzCaption · Toshkent, O'zbekiston · caption.uz