Yordam / Support

Savolingiz bo'lsa yozing — odatda bir ish kuni ichida javob beramiz.

Biz bilan bog'lanish

Chat — eng tez yo'l

Ko'p so'raladigan savollar

Videoni qanday yuklayman?

Uch qadam: videoni yuborasiz → AI nutqni o'zbekcha matnga aylantiradi va vaqtga moslaydi → subtitr yozilgan tayyor videoni yoki SRT faylni olasiz.

Buni veb ijodxona yoki Adobe Premiere Pro plagini orqali qilsangiz bo'ladi. Video odatda bir necha daqiqada tayyor bo'ladi — aniq vaqt video uzunligi va navbatga bog'liq, tayyor bo'lganda xabar keladi.

Nega videom qabul qilinmadi? Uzunlik chegarasi nima?

Video 60 daqiqagacha qabul qilinadi. Video necha soniya bo'lsa, daqiqa balansingizdan aynan shuncha soniya yechiladi — daqiqaga yaxlitlanmaydi.

Tariflar va to'lov qanday ishlaydi?

Bepul reja: har oy 5 daqiqa. Pullik tariflar oyiga ko'proq daqiqa beradi — joriy narxlar bosh sahifada ko'rsatilgan.

Tarifni Ijodxonada tanlaysiz va o'sha yerda to'laysiz. To'lov bilan bog'liq muammo bo'lsa — @jilo_support ga yozing.

Subtitrni qanday yuklab olaman?

Natija ikki ko'rinishda keladi: subtitr yozilgan tayyor video yoki alohida SRT fayl. SRT faylni istalgan montaj dasturiga qo'shsa bo'ladi.

CapCut'da: loyihani oching, Matn (Text) bo'limidan Subtitrni import qilish (Import captions) ni tanlang va SRT faylni ko'rsating. DaVinci Resolve'da: Media Pool ustiga o'ng tugma — Timelines — Import — Subtitle. Premiere Pro uchun alohida plagin bor.

Batafsil savol-javoblar: Savol-javob · Qo'llanma: Hujjatlar

Hujjatlar

UzCaption · Toshkent, O'zbekiston · caption.uz