Asosiy qismga o'tish
UzCaption
Claude · ChatGPTPlaginPlatformalarNarxQo'llanma
Boshlash
Claude · ChatGPTPlaginPlatformalarNarxQo'llanma

Ommaviy oferta

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-noyabr

Ushbu ommaviy oferta «Jilo AI» MChJ (STIR 313 290 210, «biz») va UzCaption xizmatidan foydalanuvchi («siz») o'rtasidagi shartlarni belgilaydi. Ro'yxatdan o'tish, xizmatdan foydalanish yoki to'lov qilish ushbu shartlarni to'liq qabul qilganingizni bildiradi.

1. Xizmat

UzCaption video va audiodan avtomatik o'zbekcha subtitr yaratadi, uni tahrirlash va boshqa tillarga tarjima qilish imkonini beradi. Xizmat caption.uz sayti, Ijodxona (ijodxona.caption.uz), Android ilovasi, @uzcaptions_bot Telegram boti hamda Premiere Pro va After Effects plagini orqali ishlaydi. Pullik reja faqat Ijodxonada va plaginda sotib olinadi; mobil ilova va bot hech narsa sotmaydi.

Bizneslar uchun API alohida shartnoma asosida beriladi — ushbu oferta unga tatbiq etilmaydi.

2. Rejalar va narxlar

  • Bepul — har 30 kunda 5 daqiqa. Subtitr yozish va tahrirlash to'liq ishlaydi. Ishlatilmagan daqiqa keyingi davrga o'tmaydi.
  • Mini — oyiga 20 daqiqa: 1 oy — 39 000 so'm, 3 oy — 105 300 so'm, 6 oy — 187 200 so'm.
  • Pro — oyiga 100 daqiqa: 1 oy — 89 000 so'm, 3 oy — 240 300 so'm, 6 oy — 427 200 so'm.
  • Max 5× — oyiga 500 daqiqa: 1 oy — 149 000 so'm, 3 oy — 402 300 so'm, 6 oy — 715 200 so'm.
  • Max 20× — oyiga 2000 daqiqa: 1 oy — 399 000 so'm, 3 oy — 1 077 300 so'm, 6 oy — 1 915 200 so'm.

Faqat pullik rejalarda (Mini, Pro, Max): tarjima, 4K eksport va pauzalarni kesish. Faqat Pro va Max'da: Premiere Pro/After Effects plagini va premium subtitr dizaynlari. Max 5× va Max 20× videolari navbatda oldinroq ishlanadi.

«Ovozni tozalash» (Ijodxona va mobil ilova) — barcha rejalarda, Bepul'da ham, to'liq bepul: daqiqa yechilmaydi. Ovozni tozalaganingizda videongizning ovoz yo'li (tasvir yuborilmaydi) fon shovqinini olib tashlash uchun uchinchi tomon xizmatiga — VoiceLab'ga (O'zbekiston) — yuboriladi va u yerda saqlanib qoladi; biz uni o'chira olmaymiz. Ovozni tozalash funksiyasidan foydalanib, siz bunga rozilik bildirasiz. Batafsil — Maxfiylik siyosatida. Xizmatni himoya qilish uchun biz bu funksiyani vaqtincha cheklashimiz mumkin.

Bir oy — 30 kun. 3 oyga 10%, 6 oyga 20% chegirma bor. Necha oyga olinishidan qat'i nazar, daqiqa har 30 kunda bir oylik miqdorda beriladi: birinchi oyniki — to'lov tasdiqlangan zahoti. Joriy narxlar caption.uz saytida va Ijodxonada ko'rsatiladi; narx o'zgarsa, allaqachon to'langan davrga ta'sir qilmaydi.

3. Daqiqa qanday yechiladi

  • Haq videoning aniq o'lchangan davomiyligidan, soniyama-soniya yechiladi (kamida 1 soniya, yuqoriga yaxlitlanadi). Daqiqaga yaxlitlanmaydi.
  • Tarjima ham shunday: har bir til uchun video davomiyligicha, bir marta. O'zbekchani kirill yozuviga o'girish, qayta render va ko'rib chiqish — tekin.
  • Bir videoni qayta ishlatish yangi ish hisoblanadi va yana haq oladi.
  • Ish xato bilan tugasa, yechilgan daqiqa avtomatik qaytariladi.
  • Videoda nutq deyarli bo'lmasa — video 20 soniyadan uzun, matnda esa 20 tadan kam so'z chiqsa — daqiqa yechilmaydi. Bu Ijodxona va Telegram botdagi subtitrga tegishli, bir hisob uchun kuniga ko'pi bilan 3 ta video; keyingisi odatdagidek hisoblanadi.

4. Ishlatilmagan daqiqa

Pullik reja davri ichida keyingi oyning daqiqasi berilganda, oldingi oydan qolgan daqiqa ham o'tadi — ko'pi bilan bir oylik miqdor va faqat bir marta. Davr tugab, reja yangilanmasa, hisob Bepul rejaga o'tadi. Shundan keyin 3 kun ichida reja sotib olsangiz, qolgan daqiqa (ko'pi bilan bir oylik) yangi davrga o'tadi; 3 kundan keyin u yonadi.

5. Uzaytirish va rejani almashtirish

  • Shu rejani yana sotib olish (uzaytirish) — yangi davr shu zahoti boshlanadi va oyning daqiqasi darhol beriladi. Qolgan daqiqa 4-banddagi qoida bilan o'tadi (ko'pi bilan bir oylik). Eski davrning qolgan kunlari yangi davrga qo'shilmaydi.
  • Boshqa rejaga o'tish (yuqoriga ham, pastga ham) — yangi reja shu zahoti boshlanadi, joriy oydan qolgan daqiqaning hammasi saqlanadi. Yangi rejaning to'liq narxi olinadi, eski reja uchun pul hisobga o'tkazilmaydi.
  • Ko'p oylik rejada hali berilmagan, lekin to'langan oylarning daqiqasi uzaytirish yoki almashtirishda yo'qolmaydi — doimiy balansga o'tadi.

Doimiy balans — rejadan tashqari daqiqa (yuqoridagi o'tkazma, sovg'a, eski balans). U oxirgi to'lov yoki sovg'adan 30 kun o'tgach yoki reja davri tugagach (qaysi biri kechroq bo'lsa) yana 3 kun turadi, keyin yonadi. Yonishidan taxminan 4 kun oldin Telegram bot orqali ogohlantiramiz.

6. Kartadan avtomatik to'lov

Bank kartasi bilan 1 oylik rejani sotib olishda «Har oy avtomatik to'lash» belgisi qoldirilsa, siz rejani har oy shu kartadan avtomatik uzaytirishga rozilik bildirasiz. Belgini olib tashlasangiz — oddiy bir martalik to'lov bo'ladi. Shartlar:

  • Har oy rejaning oddiy 1 oylik narxi yechiladi (u to'lov sahifasida ko'rsatiladi). Birinchi to'lovdagi chegirma keyingi oylarga o'tmaydi.
  • Davr tugashidan taxminan 48 soat oldin eslatamiz (Telegram hisobiga — bot orqali; Google yoki Apple hisobida keyingi yechim sanasi «Obuna» sahifasida ko'rinadi). Pul davr tugashiga 24 soat qolganda yechiladi va yangi davr o'sha paytdan boshlanadi.
  • Pul yechilmasa, taxminan kuniga bir marta, jami 3 marta urinib ko'ramiz. Shundan keyin avtomatik to'lov o'chadi va reja davri oxirida tugaydi.
  • Avtomatik to'lovni istalgan vaqtda Ijodxonada «Sozlamalar › Obuna» bo'limida bekor qilishingiz mumkin; to'langan davr oxirigacha reja ishlaydi. Boshqa reja sotib olinsa yoki hisob o'chirilsa, avtomatik to'lov o'zi o'chadi.
  • Avtomatik yechilgan to'lov qaytarilmaydi.
  • Karta ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri to'lov provayderiga yuboriladi; biz karta raqamini saqlamaymiz.

7. Chegirma va promo-kod

  • Promo-kod — hech qachon to'lov qilmagan hisobga bir marta Pro rejasini 14 kunga (50 daqiqa) beradi yoki keyingi xariddan chegirma beradi. Har bir kodning amal qilish muddati bor.
  • Shaxsiy chegirma — biz ayrim foydalanuvchilarga alohida taklif qilamiz.
  • Chegirmalar qo'shilmaydi: 3/6 oylik, promo-kod va shaxsiy chegirmadan eng kattasi qo'llanadi. Chegirma buyurtmada qayd etiladi va to'lov bilan sarflanadi.
  • Bepul berilgan davr (promo yoki sovg'a) ustiga pullik reja olinsa, undan qolgan daqiqaning ko'pi bilan bir oyligi o'tadi.

8. To'lov

To'lov O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida (so'm) WLCM to'lov tizimi orqali qabul qilinadi: Payme, Click, Uzum yoki bank kartasi (Uzcard/Humo). Ba'zi qurilmalarda ayrim usullar ko'rsatilmasligi mumkin. Reja to'lov tasdiqlangan zahoti ochiladi; buyurtma 24 soatdan keyin to'langan bo'lsa ham reja beriladi.

9. To'lovni qaytarish

To'lov qilib, texnik nosozlik tufayli xizmatdan foydalana olmagan bo'lsangiz yoki to'lov xato qilingan bo'lsa, @jilo_support ga yozing — holatni ko'rib chiqamiz. Qaytarish to'lov qilingan usul orqali, so'mda amalga oshiriladi; bunda shu to'lov bilan boshlangan davr tugaydi va u bergan daqiqalar olib qo'yiladi. Kartadan avtomatik yechilgan to'lovlar qaytarilmaydi (6-band).

10. Foydalanuvchi majburiyatlari

  • Xizmatga faqat sizga tegishli yoki qonuniy huquqingiz bo'lgan kontentni yuborish — jumladan, undagi ovoz va matnni 12-bandda yozilgan maqsadda berish huquqi;
  • Qonunga zid, zararli yoki uchinchi shaxslar huquqlarini buzuvchi materiallardan foydalanmaslik;
  • Xizmat ishiga xalaqit beruvchi harakatlar qilmaslik, bepul daqiqa yoki promo-kod olish uchun soxta hisoblar ochmaslik.

Ushbu shartlar buzilsa, hisobni cheklash yoki yopish huquqini saqlaymiz.

11. Javobgarlik cheklovi

Xizmat «bor holicha» taqdim etiladi. Avtomatik subtitr va tarjimada xatolik bo'lishi mumkin — natijani e'lon qilishdan oldin tekshiring. Biz xizmatdan foydalanish natijasida yuzaga kelgan bilvosita zararlar uchun javobgar emasmiz.

12. Intellektual mulk, ovoz va matn

Siz yuklagan kontent sizniki bo'lib qoladi. Yaratilgan subtitrlardan erkin foydalanishingiz mumkin. UzCaption nomi, dizayni va dasturiy ta'minoti bizga tegishli.

Ovoz va matndan foydalanish. Xizmatdan foydalanish orqali siz bizga videolaringizdagi ovozni va undan chiqqan matnni o'zbek nutq modelini o'rgatish va xizmatni yaxshilash uchun bepul va muddatsiz ishlatish huquqini berasiz. Bu — xizmatdan foydalanish sharti: rozi bo'lmasangiz, xizmatdan foydalana olmaysiz. Hisobingizni o'chirsangiz, ovoz va matn o'chirilmaydi, lekin sizga bog'lanmagan holda qoladi. Batafsil — Maxfiylik siyosatida.

13. Shartlarni o'zgartirish

Biz ushbu shartlarni yangilashimiz mumkin. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan kundan kuchga kiradi va allaqachon to'langan davr shartlarini yomonlashtirmaydi.

14. Rekvizitlar va bog'lanish

«Jilo AI» MChJ · STIR 313 290 210
Yuridik manzil: Navoiy viloyati, Konimex tumani, Do'stlik MFY, Alisher Navoiy berk ko'chasi, 23-uy, O'zbekiston
Telegram: @jilo_support · caption.uz

Public Offer

Last updated: 16 November 2026

This public offer sets out the terms between «Jilo AI» LLC (taxpayer ID 313 290 210, "we") and the user of the UzCaption service ("you"). Signing up, using the service or making a payment means you accept these terms in full.

1. The service

UzCaption automatically creates Uzbek subtitles from video and audio and lets you edit them and translate them into other languages. The service works through the caption.uz website, Ijodxona (ijodxona.caption.uz), the Android app, the @uzcaptions_bot Telegram bot and the Premiere Pro and After Effects plugin. Paid plans are sold only in Ijodxona and the plugin; the mobile app and the bot sell nothing.

The API for businesses is provided under a separate contract — this offer does not apply to it.

2. Plans and prices

  • Bepul (Free) — 5 minutes every 30 days. Captioning and editing work in full. Unused minutes do not carry over.
  • Mini — 20 minutes a month: 1 month — 39,000 UZS, 3 months — 105,300 UZS, 6 months — 187,200 UZS.
  • Pro — 100 minutes a month: 1 month — 89,000 UZS, 3 months — 240,300 UZS, 6 months — 427,200 UZS.
  • Max 5× — 500 minutes a month: 1 month — 149,000 UZS, 3 months — 402,300 UZS, 6 months — 715,200 UZS.
  • Max 20× — 2,000 minutes a month: 1 month — 399,000 UZS, 3 months — 1,077,300 UZS, 6 months — 1,915,200 UZS.

Only on paid plans (Mini, Pro, Max): translation, 4K export and pause cutting. Only on Pro and Max: the Premiere Pro/After Effects plugin and premium subtitle designs. Max 5× and Max 20× videos get priority in the queue.

«Ovozni tozalash» (voice cleaning, in Ijodxona and the mobile app) is completely free on every plan, Bepul included: no minutes are charged. When you clean a voice, your video's audio track (the picture is not sent) goes to a third-party service — VoiceLab (Uzbekistan) — to remove background noise, and it stays there; we cannot delete it. By using voice cleaning you agree to this. Details are in the Privacy Policy. We may limit this feature temporarily to protect the service.

A month is 30 days. 3 months are 10% off, 6 months 20% off. Whatever term you buy, minutes are granted one month's worth every 30 days — the first month's as soon as the payment is confirmed. Current prices are shown on caption.uz and in Ijodxona; a price change does not affect a period you have already paid for.

3. How minutes are charged

  • The charge is the video's exact measured length, to the second (minimum 1 second, rounded up). It is never rounded to the minute.
  • Translation works the same way: the video's length for each language, once. Converting Uzbek to Cyrillic script, re-rendering and previews are free.
  • Processing the same video again is a new job and is charged again.
  • If a job fails, the minutes taken for it are refunded automatically.

4. Unused minutes

During a paid plan period, when the next month's minutes are granted, the minutes left from the previous month carry over — up to one month's allowance, and only once. If the period ends and is not renewed, the account moves to the Free plan. If you buy a plan within 3 days after that, the remaining minutes (up to one month's allowance) move to the new period; after 3 days they expire.

5. Renewing and changing plans

  • Buying the same plan again (renewal) starts a new period at once and grants the month's minutes immediately. Remaining minutes carry over under section 4 (up to one month's allowance). Days left in the old period are not added to the new one.
  • Switching to another plan (higher or lower) starts the new plan at once and keeps all minutes left from the current month. The full price of the new plan is charged; nothing is credited for the old plan.
  • On a multi-month plan, minutes for months already paid but not yet granted are not lost on renewal or a switch — they go to the permanent balance.

Permanent balance — minutes outside a plan (the transfer above, gifts, old balance). It stays for 3 more days after 30 days from your last payment or gift, or after your plan period ends (whichever is later), and then expires. We warn you through the Telegram bot about 4 days before it expires.

6. Automatic card payments

If you leave the "Pay automatically every month" box ticked when buying a 1-month plan with a bank card, you agree to the plan being renewed from that card every month. If you untick it, it is a normal one-time payment. Terms:

  • Each month the plan's normal 1-month price is charged (it is shown on the payment page). A discount on the first payment does not apply to later months.
  • We remind you about 48 hours before the period ends (Telegram accounts — through the bot; on a Google or Apple account the next charge date is shown on the "Subscription" page). The card is charged when 24 hours of the period are left, and the new period starts from that moment.
  • If the charge fails, we try again about once a day, 3 times in total. After that automatic payment is switched off and the plan ends at the end of its period.
  • You can cancel automatic payment at any time in Ijodxona under "Settings › Subscription"; the plan works until the end of the paid period. Buying another plan or deleting the account switches automatic payment off.
  • Automatic charges are not refunded.
  • Card details go straight to the payment provider; we do not store your card number.

7. Discounts and promo codes

  • Promo code — gives an account that has never paid the Pro plan for 14 days (50 minutes), once, or a discount on the next purchase. Every code has an end date.
  • Personal discount — we offer it to some users individually.
  • Discounts do not stack: the largest of the 3-/6-month discount, a promo code and a personal discount applies. The discount is recorded on the order and is used up by the payment.
  • If a paid plan is bought on top of a free period (promo or gift), up to one month's allowance of its remaining minutes carries over.

8. Payment

Payments are accepted in the national currency of the Republic of Uzbekistan (UZS) through the WLCM payment system: Payme, Click, Uzum or a bank card (Uzcard/Humo). Some methods may not be shown on some devices. The plan opens as soon as the payment is confirmed; it is granted even if an order is paid after 24 hours.

9. Refunds

If you paid but could not use the service because of a technical failure, or a payment was made by mistake, write to @jilo_support and we will review the case. Refunds are made in UZS to the payment method used; the period started by that payment ends and the minutes it granted are removed. Automatic card charges are not refunded (section 6).

10. Your obligations

  • Submit only content that belongs to you or that you have the legal right to use — including the right to grant the use of its voice and text described in section 12;
  • Do not use unlawful or harmful material, or material that infringes third-party rights;
  • Do not interfere with the service, and do not create fake accounts to get free minutes or promo codes.

If these terms are breached, we may limit or close the account.

11. Limitation of liability

The service is provided "as is". Automatic subtitles and translations may contain errors — review the result before publishing. We are not liable for indirect damages arising from use of the service.

12. Intellectual property, voice and text

The content you upload remains yours. You are free to use the subtitles produced. The UzCaption name, design and software belong to us.

Use of voice and text. By using the service you grant us a free, perpetual right to use the audio of your videos and the transcript made from it to train an Uzbek speech model and to improve the service. This is a condition of using the service: if you do not agree, you cannot use it. If you delete your account, the voice and text are not deleted, but they are no longer linked to you. Details are in the Privacy Policy.

13. Changes to these terms

We may update these terms. A new version takes effect on the day it is published on this page and does not worsen the terms of a period you have already paid for.

14. Company details and contact

«Jilo AI» LLC · Taxpayer ID (STIR) 313 290 210
Legal address: 23 Alisher Navoiy dead-end street, Do'stlik neighbourhood, Konimex district, Navoi region, Uzbekistan
Telegram: @jilo_support · caption.uz

Публичная оферта

Последнее обновление: 16 ноября 2026 г.

Настоящая публичная оферта определяет условия между ООО «Jilo AI» (ИНН 313 290 210, «мы») и пользователем сервиса UzCaption («вы»). Регистрация, использование сервиса или оплата означают полное принятие этих условий.

1. Сервис

UzCaption автоматически создаёт узбекские субтитры из видео и аудио, позволяет их редактировать и переводить на другие языки. Сервис работает через сайт caption.uz, Ijodxona (ijodxona.caption.uz), приложение для Android, Telegram-бот @uzcaptions_bot и плагин для Premiere Pro и After Effects. Платные тарифы продаются только в Ijodxona и в плагине; мобильное приложение и бот ничего не продают.

API для бизнеса предоставляется по отдельному договору — эта оферта на него не распространяется.

2. Тарифы и цены

  • Bepul (бесплатный) — 5 минут каждые 30 дней. Субтитры и редактирование работают полностью. Неиспользованные минуты не переносятся.
  • Mini — 20 минут в месяц: 1 месяц — 39 000 сум, 3 месяца — 105 300 сум, 6 месяцев — 187 200 сум.
  • Pro — 100 минут в месяц: 1 месяц — 89 000 сум, 3 месяца — 240 300 сум, 6 месяцев — 427 200 сум.
  • Max 5× — 500 минут в месяц: 1 месяц — 149 000 сум, 3 месяца — 402 300 сум, 6 месяцев — 715 200 сум.
  • Max 20× — 2000 минут в месяц: 1 месяц — 399 000 сум, 3 месяца — 1 077 300 сум, 6 месяцев — 1 915 200 сум.

Только на платных тарифах (Mini, Pro, Max): перевод, экспорт в 4K и вырезание пауз. Только на Pro и Max: плагин Premiere Pro/After Effects и премиум-дизайны субтитров. Видео на Max 5× и Max 20× обрабатываются в очереди раньше.

«Ovozni tozalash» (очистка голоса, в Ijodxona и мобильном приложении) полностью бесплатна на любом тарифе, включая Bepul: минуты не списываются. При очистке звуковая дорожка вашего видео (изображение не отправляется) передаётся стороннему сервису — VoiceLab (Узбекистан) — для удаления фонового шума и остаётся у него; мы не можем её удалить. Пользуясь очисткой голоса, вы соглашаетесь с этим. Подробнее — в Политике конфиденциальности. Мы можем временно ограничить эту функцию для защиты сервиса.

Месяц — 30 дней. Скидка 10% на 3 месяца и 20% на 6 месяцев. Независимо от срока минуты начисляются по месячному объёму каждые 30 дней: за первый месяц — сразу после подтверждения оплаты. Актуальные цены указаны на caption.uz и в Ijodxona; изменение цены не влияет на уже оплаченный период.

3. Как списываются минуты

  • Списывается точная измеренная длительность видео, посекундно (минимум 1 секунда, округление вверх). До минуты не округляется.
  • Перевод — так же: длительность видео за каждый язык, один раз. Перевод узбекского текста на кириллицу, повторный рендер и предпросмотр — бесплатно.
  • Повторная обработка того же видео — новая задача и оплачивается снова.
  • Если задача завершилась ошибкой, списанные минуты возвращаются автоматически.

4. Неиспользованные минуты

В период платного плана при начислении минут следующего месяца остаток прошлого месяца переносится — не более месячного объёма и только один раз. Если период закончился без продления, аккаунт переходит на тариф Bepul. Если в течение 3 дней после этого купить тариф, остаток (не более месячного объёма) переходит в новый период; через 3 дня он сгорает.

5. Продление и смена тарифа

  • Повторная покупка того же тарифа (продление) — новый период начинается сразу, минуты месяца начисляются немедленно. Остаток переносится по правилу пункта 4 (не более месячного объёма). Оставшиеся дни старого периода к новому не добавляются.
  • Переход на другой тариф (выше или ниже) — новый тариф начинается сразу, весь остаток минут текущего месяца сохраняется. Взимается полная цена нового тарифа; оплата за старый тариф не зачитывается.
  • В многомесячном тарифе минуты уже оплаченных, но ещё не начисленных месяцев при продлении или смене не теряются — они переходят на постоянный баланс.

Постоянный баланс — минуты вне тарифа (перенос выше, подарки, старый баланс). Он сохраняется ещё 3 дня после того, как пройдёт 30 дней с последней оплаты или подарка либо закончится период тарифа (что наступит позже), затем сгорает. Примерно за 4 дня до сгорания мы предупреждаем через Telegram-бот.

6. Автоматическая оплата картой

Если при покупке тарифа на 1 месяц банковской картой оставить отметку «Оплачивать автоматически каждый месяц», вы соглашаетесь на ежемесячное автоматическое продление тарифа с этой карты. Если снять отметку — это обычная разовая оплата. Условия:

  • Каждый месяц списывается обычная цена тарифа за 1 месяц (она указана на странице оплаты). Скидка первой оплаты на следующие месяцы не переносится.
  • Мы напоминаем примерно за 48 часов до конца периода (для Telegram-аккаунта — через бот; в аккаунте Google или Apple дата следующего списания видна на странице «Подписка»). Списание происходит, когда до конца периода остаётся 24 часа, и новый период начинается с этого момента.
  • Если списать не удалось, мы пробуем примерно раз в день, всего 3 раза. После этого автоплатёж отключается, и тариф заканчивается в конце периода.
  • Отменить автоплатёж можно в любое время в Ijodxona в разделе «Настройки › Подписка»; тариф работает до конца оплаченного периода. Покупка другого тарифа или удаление аккаунта отключает автоплатёж.
  • Автоматические списания не возвращаются.
  • Данные карты передаются напрямую платёжному провайдеру; мы не храним номер карты.

7. Скидки и промокоды

  • Промокод — даёт аккаунту, который ни разу не платил, тариф Pro на 14 дней (50 минут) один раз, либо скидку на следующую покупку. У каждого кода есть срок действия.
  • Персональная скидка — мы предлагаем её отдельным пользователям.
  • Скидки не суммируются: применяется наибольшая из скидки за 3/6 месяцев, промокода и персональной скидки. Скидка фиксируется в заказе и расходуется при оплате.
  • Если платный тариф куплен поверх бесплатного периода (промо или подарок), из его остатка переносится не более месячного объёма.

8. Оплата

Оплата принимается в национальной валюте Республики Узбекистан (сум) через платёжную систему WLCM: Payme, Click, Uzum или банковская карта (Uzcard/Humo). На некоторых устройствах часть способов может не отображаться. Тариф открывается сразу после подтверждения оплаты; он начисляется, даже если заказ оплачен позже 24 часов.

9. Возврат платежа

Если вы оплатили, но не смогли воспользоваться сервисом из-за технического сбоя, или платёж сделан по ошибке, напишите в @jilo_support — мы рассмотрим ситуацию. Возврат производится в сумах тем же способом оплаты; при этом период, начатый этим платежом, заканчивается, а начисленные им минуты снимаются. Автоматические списания с карты не возвращаются (пункт 6).

10. Обязанности пользователя

  • Загружать только тот контент, который принадлежит вам или на который у вас есть законные права, — включая право передать его голос и текст для целей, указанных в пункте 12;
  • Не использовать противоправные, вредоносные материалы и материалы, нарушающие права третьих лиц;
  • Не мешать работе сервиса и не создавать фиктивные аккаунты ради бесплатных минут или промокодов.

При нарушении этих условий мы можем ограничить или закрыть аккаунт.

11. Ограничение ответственности

Сервис предоставляется «как есть». Автоматические субтитры и перевод могут содержать ошибки — проверяйте результат перед публикацией. Мы не несём ответственности за косвенный ущерб, возникший вследствие использования сервиса.

12. Интеллектуальная собственность, голос и текст

Загруженный вами контент остаётся вашим. Созданными субтитрами вы можете пользоваться свободно. Название, дизайн и программное обеспечение UzCaption принадлежат нам.

Использование голоса и текста. Пользуясь сервисом, вы бесплатно и бессрочно предоставляете нам право использовать звук ваших видео и полученную из него расшифровку для обучения узбекской речевой модели и улучшения сервиса. Это условие использования сервиса: без согласия пользоваться им нельзя. Если вы удалите аккаунт, голос и текст не удаляются, но больше не связаны с вами. Подробнее — в Политике конфиденциальности.

13. Изменение условий

Мы можем обновлять эти условия. Новая редакция вступает в силу со дня публикации на этой странице и не ухудшает условия уже оплаченного периода.

14. Реквизиты и контакты

ООО «Jilo AI» · ИНН 313 290 210
Юридический адрес: Узбекистан, Навоийская область, Канимехский район, МСГ Дустлик, тупик Алишера Навои, дом 23
Telegram: @jilo_support · caption.uz
UzCaption

O'zbek tili uchun AI subtitr xizmati. Videoni yuboring — bir necha daqiqada aniq subtitr oling.

Backed byCombinator↗
MahsulotIjodxonaIjodxona qo'llanmasiPremiere plaginiAI konnektorNarxlar
KompaniyaBiz haqimizdaBlogQo'llanmaSavol-javobEnglish
AloqaYordamTelegram: @jilo_supportMaxfiylik siyosatiOmmaviy oferta
UzCaption AI © 2026caption.uz