YouTube videoga o'zbekcha subtitr qanday qo'shiladi?
Qisqa javob: videoingizni UzCaption'ga yuklab SRT fayl olasiz, so'ng uni YouTube Studio'da videoga subtitr sifatida qo'shasiz. Tomoshabin subtitrni yoqadi yoki o'chiradi.
Avval muhim narsa
UzCaption YouTube havolasini qabul qilmaydi. Subtitr uchun videoning faylini yuklaysiz — o'zingiz yuklagan video faylni.
1-qadam: SRT faylni oling
- ijodxona.caption.uz ni oching va video faylni yuklang. Video 60 daqiqagacha qabul qilinadi.
- AI matnni yozib, vaqtga moslashini kuting.
- Matnni o'qib chiqing, xato bo'lsa joyida tuzating.
- SRT faylni yuklab oling.
SRT — subtitr matni va vaqtlari yozilgan oddiy fayl. Batafsil: SRT fayl nima?
2-qadam: YouTube Studio'ga yuklang
- YouTube Studio'ni oching va videongizni tanlang.
- Chap menyudan Subtitrlar (Subtitles) bo'limiga kiring.
- Til qo'shing — o'zbekcha.
- Subtitr qo'shish usuli sifatida fayl yuklashni tanlang va SRT faylni ko'rsating.
- Saqlang.
Menyu nomlari YouTube yangilanishi bilan biroz o'zgarishi mumkin.
Nega SRT, tayyor video emas?
YouTube'da subtitrni tomoshabin o'zi yoqadi yoki o'chiradi, matnni qidiruv ham o'qiy oladi. Subtitr videoning ustiga yozilgan bo'lsa, uni o'chirib bo'lmaydi. Shuning uchun YouTube uchun ko'pincha SRT ma'qul. Tayyor video kerak bo'lsa — uni ham Ijodxonadan olasiz.
Boshqa tilga tarjima
UzCaption subtitrni 6 tilga tarjima qila oladi (pullik tariflarda): o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha.
Birinchi SRT faylingizni hoziroq oling. Bepul rejada har oy 5 daqiqa, karta kerak emas.
Ijodxonada boshlash →
Yana: SRT fayl nima? · Ijodxona qo'llanmasi · Premiere Pro plagini · Savol-javob