Videoga avtomatik subtitr qanday qo'shiladi?
Qisqa javob: videoni UzCaption'ga yuklaysiz, AI nutqni o'zbekcha matnga aylantirib vaqtga moslaydi, siz esa subtitr yozilgan tayyor videoni yoki SRT faylni olasiz. Matnni qo'lda yozish shart emas.
Avtomatik subtitr nima?
Avtomatik subtitr — matnni o'zingiz yozmaysiz. AI videodagi nutqni eshitadi, yozib chiqadi va har bir gapni videoning to'g'ri soniyasiga bog'laydi. UzCaption o'zbek tili uchun mo'ljallangan; video tili o'zbekcha, ruscha, inglizcha, tojikcha va qoraqalpoqcha (beta) bo'lishi mumkin.
Qadam-baqadam
- Videoni tayyorlang. Video fayl bo'lishi kerak — UzCaption YouTube yoki Instagram havolasini qabul qilmaydi, faylni o'zingiz yuklaysiz. Video 60 daqiqagacha qabul qilinadi.
- Ijodxonani oching. ijodxona.caption.uz sahifasiga kirib, videoni yuklang.
- Biroz kuting. AI matnni yozadi va vaqtga moslaydi. Odatda bir necha daqiqa ketadi.
- Matnni tekshiring. Xato bo'lsa — joyida tuzatasiz. Brend nomi va atoqli otlarni bir marta o'qib chiqing.
- Uslubni tanlang. 27 dan ortiq subtitr uslubidan birini bosib, natijani darhol ko'rasiz.
- Yuklab oling. Subtitr yozilgan tayyor videoni yoki alohida SRT faylni oling. Subtitrsiz video ham yuklab olinadi.
Har qadam rasmlar bilan: Ijodxona qo'llanmasi.
Tayyor video yoki SRT?
Tayyor video — subtitr videoning ustiga yozilgan, uni o'chirib bo'lmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarga joylash uchun qulay. SRT fayl — subtitr matni va vaqtlari yozilgan oddiy fayl; uni montaj dasturiga yoki YouTube'ga qo'shib, ko'rinishini o'zingiz sozlaysiz. Batafsil: SRT fayl nima?
Qancha daqiqa ketadi?
Video necha soniya bo'lsa, daqiqa balansingizdan aynan shuncha soniya yechiladi — daqiqaga yaxlitlanmaydi. Bepul rejada har oy 5 daqiqa bor.
Montajchilar uchun
Adobe Premiere Pro'da ishlasangiz, subtitrni montaj dasturidan chiqmasdan plagin orqali ham olasiz.
Birinchi videongizga subtitrni hoziroq qo'shing. Bepul rejada har oy 5 daqiqa, karta kerak emas.
Ijodxonada boshlash →
Yana: O'zbekcha subtitr qanday yaratiladi? · Ijodxona qo'llanmasi · Premiere Pro plagini · Savol-javob