Bosh sahifa · Blog

Instagram Reels uchun subtitr qanday qoʻyiladi?

Qisqa javob: videoni UzCaption'ga yuborasiz, subtitr uslubini tanlaysiz va subtitr yozilgan tayyor videoni yuklab olib, toʻgʻridan-toʻgʻri Reels sifatida joylaysiz. Butun jarayon bir necha daqiqa oladi.

18-avgust, 2026 · UzCaption

Nega Reels'da subtitr shart?

Sabab oddiy: koʻpchilik videoni tovushsiz koʻradi. Metroda, darsda, ishxonada, kechqurun uxlayotgan bola yonida — quloqchin har doim ham qoʻlda boʻlmaydi. Tovushsiz ochilgan videoda gap eshitilmasa, tomoshabin uch soniyada keyingisiga oʻtadi.

Subtitr shu uch soniyani ushlab qoladi. U videoni tushunarli qiladi, tomosha vaqtini uzaytiradi, tomosha vaqti esa Instagram uchun eng muhim signallardan biri. Bundan tashqari subtitr eshitish qobiliyati past odamlar uchun ham, oʻzbekchani endi oʻrganayotganlar uchun ham videoni ochiq qiladi.

Yana bir amaliy foyda: subtitrli video koʻproq saqlanadi va ulashiladi, chunki uni ovozni yoqmasdan ham tushunish mumkin.

Qadam-baqadam: subtitrli Reels qanday tayyorlanadi

  1. Videoni tayyorlang. Reels vertikal — 9:16. Uzunligi 3 daqiqadan oshmasin (UzCaption bitta videoni 180 soniyagacha qabul qiladi). Qisqa Reels uchun bu bemalol yetadi.
  2. Videoni yuboring. Telefonda boʻlsangiz — @uzcaptions_bot ga yuboring. Kompyuterda va uslubni oʻzingiz tanlamoqchi boʻlsangiz — Ijodxonani oching.
  3. Matnni tekshiring. AI oʻzbekcha matnni yozib, vaqtga moslaydi. Ijodxonada matnni oʻsha yerda tuzatib qoʻyasiz — brend nomi, atoqli ot yoki atama xato yozilgan boʻlsa.
  4. Uslub tanlang. Ijodxonada 27 dan ortiq subtitr uslubi bor — kattaligi, rangi, qalinligi va joylashuvi bilan farq qiladi. Videoga mos kelganini bosib, darhol koʻrasiz.
  5. Yuklab oling va joylang. Subtitr yozilgan tayyor videoni oling va Instagram'ga odatdagidek yuklang. Qoʻshimcha ish qilish shart emas.

Agar montajni oʻzingiz qilsangiz, subtitrni SRT fayl sifatida olib, CapCut yoki Premiere Pro'ga qoʻshishingiz ham mumkin. SRT haqida: SRT fayl nima?

Qaysi uslubni tanlash kerak?

Uslub — bezak emas, oʻqilishi uchun. Bir nechta amaliy qoida:

Koʻp uchraydigan xatolar

Matnni tekshirmaslik. AI atoqli otlarda va kam ishlatiladigan atamalarda xato qilishi mumkin. Yuklashdan oldin bir marta oʻqib chiqish — 30 soniya, lekin ekranda qolgan xato uzoq esda qoladi.

Juda uzun qatorlar. Ikki qatordan ortiq matn videoning yarmini yopadi.

Shovqinli yozuv. Mikrofon uzoqda boʻlsa yoki fon shovqini kuchli boʻlsa, matnda xato koʻpayadi. Gapiruvchiga yaqinroq yozib oling — bu subtitr sifatiga eng arzon taʼsir.

Bir videodan bir nechta til

UzCaption subtitrni boshqa tillarga tarjima qila oladi. Yaʼni bitta oʻzbekcha Reels'dan boshqa til uchun ham subtitrli variant tayyorlash mumkin — auditoriyani kengaytirmoqchi boʻlsangiz qulay.

Keyingi Reels'ingizni subtitr bilan chiqaring. Bepul rejada kuniga 1 ta video, 3 daqiqagacha.
Telegramda boshlash →   yoki Ijodxonani oching

Yana: Oʻzbekcha subtitr qanday yaratiladi? · Savol-javob