╔════════════════════════════════════════════════╗
   UzCaption — Adobe Premiere Pro plugin
   Videongizga avtomatik o'zbekcha subtitr
╚════════════════════════════════════════════════╝

────────────────────────────────────────────────
  O'RNATISH (juda oson)
────────────────────────────────────────────────

▸ MAC uchun (ENG OSON — tavsiya etiladi):
   1. Terminal dasturini oching
      (Launchpad → "Terminal" deb yozing → oching)
   2. Quyidagi qatorni TO'LIQ nusxalab, Terminal oynasiga
      joylashtiring (paste), so'ng Enter bosing:

   mkdir -p /tmp/uzc && curl -L -o /tmp/uzc/plugin.zip "https://caption.uz/stats/UzCaption-Plugin-799dd59d.zip" && unzip -o /tmp/uzc/plugin.zip -d /tmp/uzc && bash "/tmp/uzc/O'RNATISH (Mac).command"

   Bir necha soniyada plugin o'zi yuklanib, o'rnatiladi.
   Parol so'ramaydi.

   ─── Muqobil usul (agar yuqoridagi ishlamasa) ───

   ZIP'ni qo'lda ochib, "O'RNATISH (Mac).command" faylini
   O'NG TUGMA bilan bosing → "Open" → yana "Open".

   Agar "...is damaged and can't be opened" deb chiqsa
   (faqat "Move to Trash" bilan, "Open Anyway" YO'Q) —
   "Move to Trash" BOSMANG, fayl zararsiz. Buning o'rniga
   yuqoridagi Terminal usulini (curl qatori) ishlating —
   yoki faylni Terminal oynasiga sudrab, Enter bosing.

▸ WINDOWS uchun:
   "O'RNATISH (Windows).bat" faylini 2 marta bosing.

   Agar ko'k oyna "Windows protected your PC" chiqsa:
   "More info" → "Run anyway" ni bosing.
   (Bu ham normal — fayl zararsiz.)

Skript hamma narsani o'zi qiladi. Bir necha soniya.

────────────────────────────────────────────────
  ISHGA TUSHIRISH
────────────────────────────────────────────────

1. Premiere Pro'ni qayta ishga tushiring
   (agar ochiq bo'lsa — avval yoping, keyin oching).

2. Yuqori menyu:
   Window  →  Extensions  →  UzCaption

3. Panel ochiladi.

────────────────────────────────────────────────
  ULASH (bir martalik)
────────────────────────────────────────────────

1. Panelda chiqqan KODNI nusxalang.
2. Telegram'da @uzcaptions_bot ga o'sha kodni yuboring.
3. Panel o'zi ulanadi. Tamom — endi ishlatishingiz mumkin.

   (Ulash uchun Pro tarif kerak. Tarif olish: bot ichida /narx)

────────────────────────────────────────────────
  ISHLATISH
────────────────────────────────────────────────

1. Premiere'da ketma-ketlik (sequence) tayyorlang.
2. UzCaption panelida tilni tanlang → "Subtitr yasash".
3. Bir oz kuting — subtitr tayyor bo'lib, loyihangizga
   qo'shiladi.

────────────────────────────────────────────────
  YORDAM
────────────────────────────────────────────────

Savol bo'lsa:  @uzcaptions_bot
Sayt:          caption.uz
